У нас есть только
оригинальные песни

Nima uchun kunni internetdan boshlash zararli?

calendar 30.10.2017
1091

Tong kunimiz qanday o‘tishiga ta’sir ko‘rsatadi. Agar uni miya uchun foydali “ozuqalar”dan boshlasangiz, siz o‘zingizni yaxshiroq his qilasiz va unumliroq ishlaysiz.

Lekin biz nima uchundir miyamizga kirib keluvchi ma’lumotlarga iste’mol qiladigan ovqatlarimiz kabi munosabatda bo‘lishimiz kerakligi haqida o‘ylab ham ko‘rmaymiz.

Kunimizni pochtani va ijtimoiy tarmoqlarni tekshirish bilan boshlar ekanmiz, biz chalg‘ib ketish odatimizni mustahkamlaymiz va u tezda hayotimizga mahkam o‘rnashib oladi.

Miya “foydali ozuqa” olishi uchun kunni qanday boshlashimiz kerak?

Elektron moslamalardan foydalanmang

Agar telefoningiz yoningizda bo‘lsa, siz beixtiyor undan foydalanishni xohlab qolasiz. Shuning uchun yaxshisi uni yotog‘ingizdan butunlay boshqa joyga olib qo‘yganingiz ma’qul.

Meditatsiya qiling

Biron voqea sodir bo‘ladi va u bizga nimanidir anglatgandek bo‘lib ko‘rinadi. Lekin u shunchalik tez yuz beradiki, bu voqeaga ahamiyat berayotganimiz to‘g‘rimi yoki noto‘g‘ri ekanligini hatto o‘ylab ham ko‘rmaymiz. Bu jarayonni tushunib olish uchun uni sekinlatish kerak, buni esa meditatsiya yordamida amalga oshirishimiz mumkin.

O‘qing

Buning uchun internetdagi maqolalarni emas, balki kitoblarni tanlang. Mazmuni ustida o‘ylab o‘tirmasdan, maqolalarga biz odatda ko‘z yugurtirib chiqamiz. Kitoblarni esa chuqur mulohaza bilan o‘qiymiz.

Bir soat vaqt davomida o‘zingiz uchun muhim bo‘lgan ishlar bilan shug‘ullaning

Hech narsaga chalg‘imasdan ishga butunlay sho‘ng‘ib ketishga harakat qiling. Bu katta mamnuniyat hissini tug‘diradi. Bu o‘zingizga shu tarzda o‘zingizni va vaqtingizni qadrlayotganingizni ta’kidlashdek bo‘ladi.

Яндекс.Метрика