У нас есть только
оригинальные песни

Nima uchun mobil telefon orqali suhbat chog‘ida ba’zan o‘z ovozingiz aks-sado beradi?

calendar 18.01.2016
2532

Telefon orqali aytilgan so‘zlar hamsuhbatingiz telefonidagi dinamiklar orqali eshitiladi, u yerdan chiqib, ovoz o‘sha telefondagi mikrofonga o‘tadi va sizga qaytib boradi. Simli telefonlarda aks-sado, odatda, bir necha millisoniya ichida qaytib ketadi va muloqotga xalal bermaydi. Uyali va internet telefoniyada esa signallar qayta ishlanishi uchun uzoqroq vaqt talab etiladi va aks-sado o‘z ovozingizdan ancha orqada qolib, suhbatga xalaqit qiladi.

Bunga qarshi aks-sadoni o‘chiruvchi algoritmlar orqali kurashishadi: ular aytilgan tovushlarni eslab qoladi, ularni javob signalidan qidiradi va, agar topishsa, undan sizning ovozingizni olib tashlaydi. Biroq bunday algoritmlar barcha telefonlarda ham mavjud emas va doim ham yaxshi ishlamaydi. Shu tufayli, ba’zan telefon suhbati chog‘ida o‘z so‘zlaringiz aks-sadosini eshitasiz.

Яндекс.Метрика