У нас есть только
оригинальные песни

Nima uchun samolyotning deraza va eshiklari aylana shaklida bo‘ladi?

calendar 04.02.2018
3012

Samolyotlarning eshiklari va derazalarining aylana shaklda yasalishiga aviahalokatlardan biri sabab bo‘lgan, deb yozmoqda TravelAsk.

Ta’kidlanishicha, 1954-yilning 10-yanvarida British Overseas Airways Corporation aviakompaniyasiga tegishli Comet 1 samolyoti Rimdan Londonga uchish chog‘ida halokatga uchragan. Samolyot bortida bo‘lgan 29 nafar yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zosi halok bo‘lgan.

Hodisa sabablarini o‘rganish chog‘ida qurbonlar samolyot portlashidan emas, balki tananing turli a’zolarida olingan jarohatlardan halok bo‘lgani aniqlangan. Samolyot esa germetik himoyaning parchalanishi oqibatida halokatga uchragan.

Shundan so‘ng o‘tkazilgan o‘rganish va sinovlar samolyotlardagi germetik himoyaning buzilishi asosan eshik va derazalarning o‘tkir burchaklarida yuz berishini ko‘rsatgan. Ana shundan so‘ng yo‘lovchilar va samolyotlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida samolyotlarning eshik va derazalari aylana shaklda yasala boshlangan.

Shuningdek, 1954-yilda Comet 1 samolyoti bilan yuz bergan yana bir halokatdan so‘ng samolyotlarga majburiy tartibda “qora qutilar” o‘rnatila boshlangan.

Яндекс.Метрика