Bizda faqat
original taronalar

Nima uchun shamollaganda ko‘p suyuqlik ichish kerak?


Virus — bu organizmning intoksikatsiyasi va uni faqatgina “yuvib” chiqarish mumkin. Suv ichishni kanda qilmaslik orqali infeksiyaning oshqozonda “uyg‘onishi” oldi olinadi. Shu sabab ham kasal bo‘lganda suv ichishni kanda qilmaslik kerak.

C vitamini

Askorbin kislotasi immun tizimini rag‘batlantirib, kurashuvchi hujayralarning ko‘payishiga olib keladi. Mors, kompot, zanjabilli limonli choy, na’matakli damlama tetiklashtirishga yordam beradi, klyukva yallig‘lanishga qarshi samara beradi, malina esa tana haroratini tushiradi. Ammo C vitamini qaynagan suv qo‘shilganda ta’sirini yo‘qotishini yodda tutish, shu sabab ham barra mevalarning ustiga iliq suv qo‘shish kerak bo‘ladi. Muzlatilgan mevalarni esa xona haroratida eritish kerak.

Qanday vaziyatlarda nordon ichimlikdan tiyilish kerak?

Tomoq og‘rib turganda nordon ichimlik ichish tavsiya qilinmaydi. Yiringli angina va tonzillitda nordon ichimlik yallig‘lanishni jadallashtirib yuboradi. Shu sabab ham tomoq og‘riganda issiq, toza va giyohli damlama ichish kerak. Moychechak, toshcho‘p va tog‘rayhon antiseptik xususiyatga ega. Kuchga to‘lish uchun asal, sariyog‘li sut iching. Tovuq bulyoni ham shifo bo‘lishi mumkin. Angina bezovta qilganda C vitaminini tabletka ko‘rinishida qabul qilsa bo‘ladi.

Issiq ichimliklar yaxshimi yoki yomon?

Issiq ichimlik nordoni singari bodom bezlarini zo‘riqtiradi. Shuningdek, organizm qaynoq ichimlikni sovitish uchun ko‘proq kuch sarflaydi. Ichimlik yaxshi singishi uchun ichimlik tana haroratidan biroz issiqroq — 40 va 45 darajada bo‘lishi kerak.