У нас есть только
оригинальные песни

Nizoli hududlarda maktabga bora olmayotgan 24 million bola bor

calendar 12.01.2016
829

Dunyoning 22 mamlakatida istiqomat qiluvchi 24 million bola siyosiy nizolar tufayli boshlang'ich ta'lim olish imkonidan mahrum. Bu haqida BMTning Bolalar jamg'armasi YuNISЕF xabar qilgan.

"Siyosiy nizolar qamrab olgan davlatlarda yashovchi bolalar o'z uylarini, oila a'zolarini, do'stlarini va shaxsiy xavfsizligini yo'qotgan. Endi ular o'qish va yozishni o'rganishdan mahrum. Ularning kelajagi mavhum. Bu mamlakatlar qachondir tinchib, rivojlanishni boshlasada, bu bolalar bu jarayonda ishtirok eta olishmaydi", deydi YuNISЕFning Global ta'lim bo'limi rahbari Jo Burnt.

YuNISЕF ma'lumotlariga ko'ra, bunday bolalarning aksar qismi Janubiy Sudan, Niger, Sudan va Afg'onistonda yashamoqda.

2015 yilda Еvropa Ittifoqidan boshpana so'rab borgan 1 milliondan ortiq kishining 200 ming nafardan ortig'i bolalar bo'ldi. Dunyoda hozirda 30 milliondan ortiq bola siyosiy nizolar tufayli o'zlari yashab turgan uylarni tark etishga majbur bo'lgan. Shuningdek, 250 milliondan ortiq bola uylarini tashlab ketish zarurati bilan to'qnashgan.

Яндекс.Метрика