У нас есть только
оригинальные песни

Nobel mukofoti laureati Richard Talerdan 3 ta moliyaviy dars

calendar 07.11.2017
1096

1980-yillar boshida u bir qarashda ancha keskin ko‘ringan g‘oyalari bayon qilingan tadqiqotlarini matbuotda e’lon qildi. Universitetdagi hamkasblarining ko‘pchiligi ularni qabul qilmadi.

Lekin keyinchalik Talerning g‘oyalari iqtisodiyot va psixologiya elementlarini o‘z ichiga oluvchi zamonaviy muomala iqtisodiyotiga katta hissa qo‘shdi. Muomala iqtisodiyotining maqsadi — nima uchun odamlar u yoki bu qarorga kelishini aniqlash.

Auksion g‘oliblari ko‘pincha o‘z pullarini yo‘qotadi

Auksion g‘oliblarining xatolari ikki holatda namoyon bo‘ladi: odam biron narsa uchun uning haqiqiy narxidan ko‘proq to‘laganda yoki sotib olgan narsasi kutganidek bo‘lib chiqmaganda. Taler bu hodisa auksion qatnashchilarining xatti-harakati oqilona emasligini isbotlashini ta’kidlaydi.

Odamlar shaxsiy buyumlarining qiymatini orttirib ko‘rsatadi

Richard Taler tomonidan ommalashtirilgan yana bir tushuncha “egalik ta’siri” deb ataladi. Bu g‘oyaning ma’nosi shundan iboratki, odam o‘z buyumlariga qattiq bog‘langan va ularning qiymatini oshirib baholaydi.

Uzoqni ko‘ra bilish — bu juda foydali xislat

Richard Talerga Nobel mukofoti unvonini berishga qaror qilinishining asosiy sabablaridan biri, — bu uning o‘z-o‘zini nazorat qilish mavzusidagi ishi.

Pensiya uchun pul yig‘ishimiz zarur ekanligini har birimiz yaxshi bilamiz, lekin juda kamchilik odamlar haqiqatan ham buni bajaradilar. Chunki odamlarning kundalik ehtiyojlarni va uzoq muddatli tayyorgarlikni birga qo‘shib olib borishlari qiyin.

Bu oddiy kashfiyot pulni ko‘proq tejab qolishga imkon beruvchi usul: mablag‘larni bank hisobiga o‘tkazishni avtomatlashtirishni o‘ylab topishga yordam berdi.

Яндекс.Метрика