У нас есть только
оригинальные песни

Nogironligi bo'lgan shaxslar tadbirkorlik bilan shug'ullanganda imtiyozlar beriladi

calendar 30.12.2017
956

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 dekabrdagi Farmonida nogironligi bo'lgan shaxslarning turmush darajasi va sifatini yanada yaxshilash, ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko'rsatish, bunday shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro'yobga chiqarishga, jamiyatdagi faol pozitsiyasini shakllantirishga ko'maklashishga yo'naltirilgan bir qator choralar belgilangan. 

Bu haqda KUN.UZ’ga Adliya vazirligi xabar qilmoqda.

Xususan, Farmon bilan 2018 yil 1 yanvardan boshlab faoliyat ko'rsatish turi va uni amalga oshirish joyidan qat`i nazar I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxs hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun bir oyda eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida, yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar hisobidan ishga yollangan har bir ishchi uchun - bir oyda eng kam ish haqining 15 foizi miqdorida qat`iy belgilangan soliq stavkasi o'rnatilgan.

Яндекс.Метрика