У нас есть только
оригинальные песни

Nogironligi bo'lgan shaxslarni statistik hisobga olish tizimi takomillashtiriladi

calendar 27.03.2018
844

Vazirlar Mahkamasining 22.03.2018 yildagi «Nogironligi bo'lgan shaxslarni statistik hisobga olish tizimini takomillashtirish to'g'risida»gi 210-son qarori qabul qilindi, deb yozmoqda Norma.   

Hujjatda nogironligi bo'lgan shaxslarni hisobga olish tizimi yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi qayd etilgan. Shuningdek nogironligi bo'lgan shaxslarga o'z vaqtida zarur tibbiy-ijtimoiy yordam ko'rsatish uchun ularning ijtimoiy ahvolini monitoring qilishda kamchiliklar mavjud.

Shu munosabat bilan endi Davstatqo'm davlat statistika hisoboti asosida quyidagilar to'g'risidagi ma`lumotlarni shakllantiradi:

• nogironligi bo'lgan shaxslar soni;
• imkoniyati cheklangan (nogironligi bo'lgan) o'quvchilar uchun moslashtirilgan infratuzilma va materiallarga ega maktabgacha ta`lim va umumta`lim muassasalari;
• reabilitatsiya markazlari faoliyati.

Nogironligi bo'lgan shaxslarning hayot faoliyatini aks ettiruvchi qo'shimcha statistik ko'rsatkichlar ro'yxati tasdiqlandi. Ular 2018 yil hisobot davridan boshlab tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan ishlab chiqiladi hamda Davstatqo'm tomonidan jamlanadi.

Ko'rsatkichlar quyidagi ma`lumotlarni o'z ichiga oladi:

• imkoniyati cheklangan (nogironligi bo'lgan) o'quvchilar uchun moslashtirilgan infratuzilma va materiallarga ega oliy ta`lim muassasalari – ma`lumotlar hisobotning 4-ta’lim shakliga kiritiladi;
• nogironligi bo'lgan shaxslar foydalanishi uchun qulay jamoat yo'lovchi transporti (avtobuslar) soni;
• surdo tarjima bilan yoki o'tuvchi yozuvlar bilan birga olib borilayotgan teleko'rsatuvlar soni;
• imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qo'shimcha qulayliklar bilan ta`minlangan davlat tashkilotlarining veb-saytlari soni (kontrastni qo'shish, shriftni kattalashtirish, ovoz jo'rligi funksiyalari va boshqalar);
• ABKMga murojaat qilgan nogironligi bo'lgan shaxslardan ishga joylashtirilganlar soni;
• tumanlar va shaharlar bo'yicha nogironligi bo'lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o'rinlarini zaxiraga olish;
• uy-joy bilan ta`minlangan, shuningdek yashash sharoitlari yaxshilanishiga muhtoj bo'lgan nogironligi bo'lgan shaxslar soni – hisobotning yangi 2-uy-joy shakli joriy etilmoqda (mas`ullar – tuman va shahar hokimliklari);
• fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari tomonidan beriladigan moddiy yordam olgan nogironligi bo'lgan shaxslar soni –ma`lumotlar 1-NNT shakliga mahalla ilovasiga kiritiladi;
• sanatoriy-kurortlarda davolanish uchun murojaat qilgan, shuningdek bunday yo'llanmalar olgan nogironligi bo'lgan shaxslar soni;
• tashkilotlarga tegishli bo'lgan panduslar bilan jihozlangan binolar soni – ma`lumotlar hisobotning 1-korxona, 1-KB, 1-notijorat, 1-NNT shakllariga kiritiladi.

Hujjat 26.03.2018 yildan kuchga kirdi.

Яндекс.Метрика