Nokia kompaniyasi Barselonada o'tayotgan Mobile World Congress 2018 ko'rgazmasida “aqlli” kurtka taqdim qildi.
CHASE LifeTech FR deb nomlangan bu kurtka Janubiy Koreyaning kiyim-kechak brendi Kolon va Chexiyadan dasturiy ta`minot yaratish bilan shug'ullanuvchi GINA bilan birgalikda yaratilgan. Nokia kurtkani xavfsizlikni ta`minlash va inson organizmidagi turli ko'rsatkichlarni me`yorida ushlab turish uchun “birinchi yordam” gadjyeti sifatida taqdim qildi.
Kurtkaning yengi va yoqasida yurak qisqarishlari chastotasi, tana harorati, joylashgan o'rin, harakat faolligini kuzatib boruvchi datchiklar joylashgan. Ma`lum qilinishicha, zarurat bo'lganda ushbu datchiklarni sozlab, zarurlarini faollashtirish mumkin.
Kurtkada yig'ilgan ma`lumot maxsus bazaga jo'natiladi va u yerda real vaqt rejimida qayta ishlanadi. Agar biror chetlanishlar aniqlansa, kurtka bu haqda darhol bildiradi.
Ta`kidlanishicha, “aqlli” kurtka qurqaruv xizmati xodimlari, politsiyachilar va hayot uchun xatarli kasb vakillariga juda asqatadi. Kompaniya yaqin orada kurtkaning savdoga chiqariladigan versiyasini yaratishni rejalashtirmoqda.