У нас есть только
оригинальные песни

Nokia brendining Android'dagi birinchi telefoni namoyish etildi

calendar 08.01.2017
1687

2017 yilning 8 yanvarida Nokia brendining yangi sohibi HMD Global kompaniyasi o'zining Android'dagi birinchi Nokia 6 telefonini namoyish qildi. 

Yangi smartfon 5,5 dyuymli displey, 16 megapikselli kamera, 4 Gb operativ xotiraga ega bo'ladi. Nokia 6 smartfoni Android 7.0 Nougat'da ishlaydi. Kompaniya vakillarining ta`kidlashlaricha, Nokia 6 — HMD Global 2017 yilning birinchi yarmida namoyish qilishni rejalashtirayotgan birinchi telefon. Smartfonlarni yig'ish bilan FIH Mobile Limited (Foxconn korporatsiyasi) shug'ullanadi. 

Smartfon faqat Xitoyda JD.com riteyleri orqali sotiladi. Qurilma bahosi 246 dollarni tashkil qiladi. Kompaniya rahbariyati Xitoyni HDM Global uchun "strategik muhim" bozor, deb atamoqda. 

HMD Global kompaniyasi Nokia brendi ostidagi smartfonlarni ishlab chiqarish huquqini 2016 yilning bahorida qo'lga kiritgan. 

Яндекс.Метрика