У нас есть только
оригинальные песни

«Nokia»dan ikkita sirli smartfon

calendar 06.07.2018
1307

«HMD Global» kompaniyasi yaqinda «Nokia 2.1», «Nokia 3.1» va «Nokia 5.1» smartfonlarini namoyish qildi va yana bir global versiya – «Nokia X6»ni taqdim etishga hozirlik ko‘rmoqda. Endi esa kompaniyaning navbatdagi qurilmalari haqida turli mish-mishlar tarqamoqda, deb xabar berdi «Terabayt».

Gap shundaki, yaqinda kompaniyaning ikkita smartfoni Eurasian Economic Commission (ECC) da sertifikatsiyadan o‘tdi. Ikkala model  ham 4 iyul kuni byuroning ma’lumotlar bazasiga kiritilgan.

Hujjatda qayd etilishicha, yangi qurilmalar TA-1087 va TA-1119 kameralari bilan ta’minlangan. Afsuski, qurilmalarning muhim jihatlari, taqdimot sanasi va nomi haqida hech qanday yangilik yo‘q.

Faqat ularning bittasi  «Nokia 9» bo‘lishi mumkinligi haqida farazlar bor, chunki bu haqda yaqinda insayder Roland Kuant (Roland Quandt) yozgandi. Devays  «Snapdragon 845» protsessori, romsiz OLED-displeyi va ekran ostida barmoq izlari skaneri bilan ta’minlanadi.

Яндекс.Метрика