У нас есть только
оригинальные песни

Noma'lum shaxslar 11 nafar turkiyalik bojxona xizmatchisini o'g'irlab ketdi

calendar 24.08.2015
1221

Noma'lum jangarilar guruhi Eron bilan chegaradagi 11 nafar bojxona nozirlarini o'g'irlab ketgan. Bu haqda "Sinxua" agentligi xabar qilgan.

Ma'lum qilinishicha, bu hodisa chegaradagi Kapikoy punktida ro'y bergan.

Turkiya bosh shtabida bu ish "separatchi terroristik tashkilot" tomonidan amalga oshirilgani haqida aytilgan.

Qayd etilishicha, turklar bu orqali Kurdiston ishchilar partiyasini nazarda tutishgan.

Xabar qilinishicha, o'g'irlangan chegara xizmatchilaridan biri va haydovchi tutqunlikdan ozod etilgan.

Яндекс.Метрика