У нас есть только
оригинальные песни

Norezidentlarning doimiy muassasalari sof foydasidan olinadigan soliq bekor qilindi

calendar 06.01.2018
1087

29.12.2017 yildagi O'RQ-454-son «Soliq va byudjyet siyosatining 2018 yilga mo'ljallangan asosiy yo'nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi Qonun bilan Soliq kodeksiga tegishli tuzatishlar kiritildi.

Norma.uz’ning yozishicha, O'zbekistonda faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan norezidentlar yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'iga qo'shimcha ravishda sof foydasiga ham 10%li stavka bo'yicha soliq (foyda solig'i summasi ayirib tashlangan foyda) to'lashgan (SKning 154-moddasi 8-qismi).

SKning 154-moddasiga kiritilgan o'zgartirishlarga asosan endilikda doimiy muassasalar 2018 yilda olingan daromadlaridan faqat foyda solig'ini 14% stavka bo'yicha to'lashadi. Ulardan sof foydadan olinadigan soliq undirilmaydi.
 
Bundan tashqari, mamlakatda faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan norezidentdan olinadigan foyda solig'ini hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan soliq solinadigan foyda miqdori kamaytiriladi. Ilgari soliq solinadigan foyda faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirishdan olingan daromadlari bilan bevosita bog'liq bo'lgan, ular mamlakatimizda yoki uning tashqarisida qilinganligidan qat`i nazar, barcha turdagi xarajatlarning kamida 10%ini tashkil etgan. 2018 yil 1 yanvardan boshlab u ko'rsatilgan xarajatlarning kamida 7%ini tashkil etadi.

Яндекс.Метрика