У нас есть только
оригинальные песни

Noyabr oyida Toshkentda uylar narxi pasayishda davom etdi

calendar 08.12.2015
2206

Noyabr oyida Toshkent ikkilamchi uy bozoridagi o‘rtacha taklif narxi kvadrat metr uchun 686 shartli birlikni tashkil etib, oktabr oyi bilan taqqoslaganda (708) uch foizga pasaydi. Bu haqda Credo Max Estimation baholash tashkilotiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar beradi.

Panel uylardagi kvartiralar o‘rtacha narxi 672 shartli birlikdan 650 shartli birlikkacha, g‘isht uylardagi o‘rtacha narx esa — 759 shartli birlikdan 736 shartli birlikkacha pasaydi.

Uch foizga pasayish ko‘p xonali uylardan (2 foiz) tashqari barcha uylarda: 1 xonali uylarda – 716 dan 693 sh.b., 2 xonali uylarda – 692 dan 668 sh.b., 3 xonali uylarda – 712 dan 689 sh.b., 4 xonali uylarda 740 dan 715 sh.b., ko‘p xonali uylarda 720 dan 709 shartli birlikkacha pasayganligi qayd etildi.

Яндекс.Метрика