У нас есть только
оригинальные песни

Nurmagomedov - UFC prezidentiga: Trampga ayt, otamga viza bersin

calendar 10.08.2018
1392

Mutlaq jangchilar chempionatining (UFC) yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmagomedov UFC prezidenti Dena Uayntning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuviga o'z munosabatini bildirdi.

«Dena, iltimos, Trampdan otamga viza berishi haqida so'ra», - deb yozgan Nurmagomedov o'z instagramida. 

Jangchining otasi Abdumannop Nurmagomedov uzoq vaqtdan beri mamlakatga kirish huquqini ololmayapti. Nurmagomedov otasining vizasi noma`lum sabablarga ko'ra 2016 yilda bekor qilingan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq UFC jangchisi Makgregor bilan bahs oldidan Nurmagomedov qo'rqayotganini aytgandi. 

Яндекс.Метрика