У нас есть только
оригинальные песни

Nursulton Nazarboyev milliarder Bo‘lat Utemuratov bilan selfiga tushishni istamadi

calendar 16.10.2015
2508

16-oktabr kuni Qozog‘istonning Burabay shaharchasidagi MDH rahbarlari kengashi majlisida qozog‘istonlik milliarder Bo‘lat Utemuratov Qozog‘iston prezidenti bilan selfiga tushmoqchi bo‘ldi.
Bo‘lat Utemuratov prezidentning oldiga kelib, birga suratga tushish uchun telefonini chiqardi. Nursulton Nazarboyev hayrat bilan telefonga qaradi va qo‘li bilan milliarderni surib tashladi. Xijolat bo‘lib qolgan milliarder tezda ko‘zdan g‘oyib bo‘lishga intildi. Ijtimoiy tarmoqlarda bu rolik ommalashib bormoqda va keng muhokama markaziga aylandi. 

"Sen milliarder bo‘lib, Forbes ro‘yxatiga kirgan bo‘lishing, bir qancha media-resurslarni boshqarishing mumkin. Lekin bulardan qanday naf, agar Elboshi bilan selfiga tusha olmasang?”, — deb yozdi foydalanuvchilardan biri.
Яндекс.Метрика