У нас есть только
оригинальные песни

NYT nashri Obama lavozimidan ketgach nima qilishini aniqladi

calendar 26.10.2016
1806

AQSh prezidenti Barak Obama lavozimidan ketgach, Silikon vodiysidagi yuqori texnologiyalar sohasida ishlashi mumkin. Uning vakolatlari 2017 yil 20 yanvarida poyoniga yetadi, deb yozmoqda The New York Times gazetasi.

Amerikada chop etiluvchi nashr jurnalistlari yozishicha, Obama qo'l ostidagilar o'tgan yil mobaynida Kaliforniya shtatidagi yuqori texnologiyalarni rivojlantirish markaziga 10 martalar tashrif buyurgan. Ehtimol bu AQSh prezidentiga kelajagini rejalashtirishda yordam berish maqsadida amalga oshirilgandir. 

"Obama davlat rahbarligidan ketgach, diqqatini yangi texnologiyalarga qaratsa, hayron bo'lmasdim", — degan AOL kompaniyasi asoschilaridan biri Stiv Keys.

The New York Times gazetasining qayd etishicha, Amerika prezidentining qator tarafdorlari allaqachon Uber, Amazon, GoFundMe va Apple kabi kompaniyalarda faoliyat yuritib keladi.

Bundan tashqari, nashr Obamaning fazo sohasiga ham qiziqishini yodga olgan. Obama kelgusida bu sohada ham kuchini sinab ko'rishi ehtimoldan xoli emas. Avvalroq, u 2030 yilga borib Marsga ekspeditsiyalarni tashkil etish borasida hukumatning tadbirkorlar bilan hamkorligi haqida so'z yuritgan edi. 

"Ammo, Oq uy xodimlari Barak Obamaning 21 yanvardan keyingi rejalariga oydinlik kiritishdan bosh tortishdi", — deb yozgan gazeta. 

AQSh prezidentining fan va texnologiyalar sohasi bo'yicha sobiq yordamchisi Fil Larson esa, Obamani "texnologiyalarga qiziquvchi prezident" deya ta`riflagan.

Яндекс.Метрика