У нас есть только
оригинальные песни

Nyu-York sayyohlar soni bo'yicha yangi rekord o'rnatdi

calendar 23.01.2016
998

Nyu-York shahri unga tashrif buyurgan sayyohlar soni bo'yicha yangi rekord o'rnatdi, deb xabarbermoqda Reuters axborot agentligi. 2015 yilda shaharga deyarli 60 mln sayyoh tashrif buyurgan.

Megapolis ketma-ket 6 yil davomida rekord sondagi sayyohlarni qabul qilmoqda. Ta'kidlanishicha, o'tgan yili xavfsizlik tahdidi miqdori keskin o'sganiga qaramasdan, shaharga kelayotgan sayyohlar oqimi kamaymagan.

Xususan, Nyu-Yorkda IShID jangarilari ishtirokida teraktlar amalga oshirilishi xavfi mavjudligidan xavfsirash bo'lgan. O'z navbatida shahar rahbariyati istalgan tahdidga qarshi barcha zaruriy narsalar bilan ta'minlanganini bir necha marta ta'kidlagan.

Nyu-York meri Bill de Blazioning aytishicha, Nyu-York AQShning eng jozibali, eng katta va eng xavfsiz shahari hisoblanadi.

Яндекс.Метрика