У нас есть только
оригинальные песни

Nyu-York shtatidagi qamoqxonadan 150 yilda birinchi marta mahbuslar qochdi

calendar 07.06.2015
1947

Nyu-York shtatidagi maxsus qo‘riqlanadigan qamoqxonadan so‘nggi 150 yilda birinchi marta mahbuslar qochdi. Bu haqda Echo.msk.ru xabar bermoqda. Foto: dp.ru Foto: dp.ru Mahbuslarning qochib ketgani tonggi tekshiruv vaqtida ma’lum bo‘lgan. Ma’muriyat qochoq mahbuslarning suratlari va familiyalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan. Qochoqlardan biri 34 yoshli Devid Svit – u 2002-yili Brum okrugi sherifi yordamchisini o‘ldirgani uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilingan va muddatidan avval ozodlikka chiqish huquqiga ega emas. Ikkinchisi 48 yoshli Richard Mett – u 1997-yili odam o‘g‘irlab, uni do‘pposlagani uchun umrbod ozodlikdan mahrum etilgan, biroq muddatidan avval ozodlikka chiqarilishi mumkin edi. Jinoyatchilar maxsus elektr uskuna yordamida yo‘l ochib, quvur orqali qochib ketishgan. Shtat ma’muriyati hozirgi vaqtda qochishning barcha tafsilotlarini o‘rganmoqda, xususan, kamerada bunday asboblar qayerdan paydo bo‘lgani surishtirilmoqda.
Яндекс.Метрика