У нас есть только
оригинальные песни

Nyu-Yorkda sport zalida tanishgan 94 yoshli chol va 98 yoshli kampir turmush qurdi

calendar 14.08.2017
1758

AQShning Nyu-York shtati Midltaun shahrida 98 yoshli Gertruda Mokotoff va 94 yoshli Elvin Manning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi Forum Daily. Kelin-kuyov 8 yil avval shahardagi sport zalida tanishib qolgan.

Ularni umumiy tanishi uchrashtirib qo‘ygan. Sobiq biznesmen, Mount St. Mary kollejining eng keksa bitiruvchisi o‘z mahbubasi, Midltonning sobiq merini birinchi uchrashuvga Something Sweet restoraniga taklif qilgan. Shu tariqa ularning munosabatlari gullab-yashnagan.

Ammo yakuniy qadamni kampir amalga oshirgan. Bir kuni ular Nyu-Yorkdan uyga qaytayotganida Mokotoff Mannga turmush qurish taklifini bildirgan. 2017-yil 5-avgustda esa ular turmush qurgan.

Manning aytishicha, keksalik yosh raqamlarida emas. “Biz yoshni to‘siq deb qaramaymiz. Biz haligacha o‘zimiz istagan narsalarni qilamiz. Albatta, o‘zimizni hali yoshdek his qilishda tibbiyotning o‘rni katta, ammo bu asosan biz tashvishsiz hayot kechirayotganimiz sabablidir, biz hayotimizga o‘zimiz nazorat qila olmaydigan yoki bizni tashvishlantirishi mumkin bo‘lgan narsalarni kiritmaymiz”, — deya Mann baxtiyor keksalik siri bilan bo‘lishdi.

Яндекс.Метрика