У нас есть только
оригинальные песни

Nyu-Yorkda yashovchi erkak noto‘g‘ri ayblov uchun shahar ma’muriyatida 1 million dollar undirib oldi

calendar 04.03.2018
605

AQShning Nyu-York shahrida yashovchi Oliver Uiggins 2015-yilda mast holda mashina haydaganlikda ayblanib qo‘lga olingan. U qoidabuzarlik haqida qo‘lidagi kishan bilan kasalxonaga olib kelingandagina xabar topgan va shahar rasmiylarini sudga bergan, deb yozmoqda TJournal.

Uiggins o‘z arizasida aytilishicha, mikroavtobusdagi politsiyachilar “To‘xtash” belgisi oldidan o‘tib, uning mashinasi yo‘lini to‘sgan va shundan so‘ng uni mast holda avtomobil boshqarishda ayblagan.

Uning advokati ma’lum qilishicha, o‘sha vaqtdagi alkogol testlarida salbiy natija chiqqan, uning mijozi esa umuman spirtli ichimlik ichmaydi. Biroq Uigginsni qo‘lga olish uchun politsiyachining ko‘rsatmasi yetarli bo‘lgan.

Hodisadan so‘ng Uiggins qo‘lidan jarohat olgan, uning mashinasi esa pachaqlangan, sug‘urta kompaniyasi esa Uigginsning qo‘lga olingani sababli zararni to‘lashni xohlamagan. Uch oydan so‘ng ayblov olib tashlangan. Ikki yildan so‘ng esa Uiggins sudda shahar rasmiylari ustidan yutib chiqqan va kompensatsiya puli qariyb bir million dollarni tashkil qilgan.
Яндекс.Метрика