У нас есть только
оригинальные песни

Nyu-Yorkdagi auktsionda 1915 yilning shampan vinosi 116 ming 375 dollarga sotildi

calendar 27.09.2015
1229

Nyu-Yorkda Sotheby's auktsionida Krug vinochilik uyi shampan vinosi 116 ming 375 dollarga sotildi, deb yozmoqda "Interfaks” axborot agentligi. Lot narxiga, shuningdek, Frantsiyaning Shampan viloyatiga 2 kunga mo'ljallangan 4 kishilik sayohat ham kiritilgan bo'lib, safarga boradiganlar sotilgan shampan vinosini bevosita joyida tatib ko'rishlari mumkin bo'ladi. Vino dunyoda 4 dona qolgan 1915 yildagi Krug Private Cuvee vinosining bittasi ekanligi sababli bunday qimmat narxda sotilgan. Xaridorning nomi aytilmagan. Biroq shunisi ma'lumki, xaridorga sotib olgan vinosidan tashqari, Krug uyida ishlab chiqariladigan boshqa noyob va nafis vinolardan tatib ko'rish taklif etiladi. Bundan tashqari, kompaniya xaridorni uchta mishlen yulduziga ega restoran bosh oshpazi Arno Lalmen tayyorlagan kechki ovqat bilan mehmon qiladi.
Яндекс.Метрика