У нас есть только
оригинальные песни

Nyu-Yorkdagi restoran mijozlariga 100 dollar evaziga oltinli kulchalar taklif qilmoqda

calendar 08.01.2016
1502

Nyu-Yorkning Bruklin tumanidagi restoranlardan biri o'z mijozlariga 24 karat, 999 probali oltin qiyomi bilan qoplangan ponchik – yog'da qovurilgan kulchalarni taklif etmoqda.

Mazkur taomni 280 dollarcha turadigan “Kristal” shampani bilan tanovvul qilish mumkin, deya xabarbermoqda “Komsomolskaya pravda”.

“Oltin” taom tayyorlash g'oyasi restoran egasining xayoliga o'tgan yilda kelgan. Avvaliga xodimlarini o'z hisobida ponchiklar bilan siylab ko'rdi.

Shirinlik barchaga ma'qul kelganidan so'ng uni mijozlarga ham taklif eta boshlashdi. Uning narxi 100 dollar bo'lsa ham, restoran xo'jayinining aytishicha, uni bir necha donalab sotib olishmoqda. Biroq bunday shakldagi oltin inson organizmida hazm bo'lmaydi.

Яндекс.Метрика