У нас есть только
оригинальные песни

O'latga qarshi vaktsina 1897 yilning 10 yanvar kuni ilk marotaba qilingan

calendar 11.01.2016
963

Insoniyatni saqlab qolgan vaktsinani yaratgan mikrobiolog Vladimir Xavkin o'ziga o'zi in'ektsiya qilgan. Lui Pasterning bashorati amalga oshdi: “O'quvchilarimdan biri o'latni to'xtatadi”.

Paster bu fikrni vafotidan oldin institutga so'nggi marotaba kelgan paytida aytgan edi. O'sha vaqtda unga yaqindagina o'quvchisi Aleksandr Yersen tomonidan kashf etilgan o'latni chaqiruvchi bakteriya mikroskop ostida namoyish etilgan.

1893-1915 yillarda Vladimir Xavkin Hindistonda faoliyat olib borar edi. 1896 yilda u Bombeyda laboratoriya tashkil etdi, aynan shu erda u o'ldirilgan o'latga qarshi vaktsinani yaratdi va o'zida sinab ko'rdi. Yangi vaktsina ham terapevtik, ham profilaktik ta'sirga ega edi. Vaktsinadan so'ng, kasallanish ikki marotaba, o'lim esa to'rt marotabaga kamaygan. Xavkin vaktsinasi bilan emlash Hindistonda keng tarqalgan edi. XX asrning 40-yillariga qadar Xavkin vaktsinasi o'latga qarshi yagona dori bo'lgan. 1956 yilda o'latga qarshi laboratoriya (Xavkin nomidagi bakteriologiya instituti) yaratilganligiga 60 yil bo'lgan edi. Shu munosabat bilan Hindiston Prezidenti Prasad shunday degan edi: “Hindiston doktor Vladimir Xavkin oldida qarzdor. U Hindistonga o'lat va vabodan xalos bo'lishda yordam berdi”.

 

Яндекс.Метрика