У нас есть только
оригинальные песни

«O'rgimchak odam: Uyga qaytish» filmining to'liq treyleri taqdim etildi

calendar 09.12.2016
2658

Internetda bosh qahramon  rolini Tom Holland va salbiy qahramon («Kalxat») obrazini gavdalantirgan Maykl Kiton ijrosida «O'rgimchak odam» filmining to'liq treyleri taqdim etildi.

Filmda yuqori sinfda tahsil olayotgan Piter Parkerning tarixi hikoya qilinadi. Kartinaning yangi talqini Marvel Studious va Sony Pictures kompaniyalari hamkorligida suratga olingan. Holland bungacha O'rgimchak obrazida «Birinchi qasoskor: Qarama-qarshilik» filmida gavdalangan edi.

«O'rgimchak odam: Uyga qaytish» kartinasi 2017 yilning 6 iyul kuni katta ekranlarga chiqadi.

Яндекс.Метрика