У нас есть только
оригинальные песни

O'ta xavfli retsidivist yana jinoyatga qo'l urdi

calendar 21.08.2018
991

2018 yilning iyul oyida jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tuman sudida ochiq sud majlisi bo'lib o'tdi. Unda sudlanuvchi Maxkamov Jamshid Xashimjonovichga nisbatan jinoyat ishi ko'rib chiqildi.

J.Maxkamov joriy yilning 1 aprel kuni soat taxminan 06:30 larda Mirzo Ulug'bek tumani M.Yusuf ko'chasida joylashgan “Abror” kafesida ushbu kafe qorovuli Q.Nadjabov bilan janjallashib qolib, qasddan badanga og'ir shikast yetkazadi. Natijada jabrlanuvchining qorin sohasiga stol ustida turgan oshxona pichog'i bilan bir marta sanchib olib, unga tan jarohati yetkazgan.

Sud J.Maxkamovga O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 104-moddasi 3-qismi “v” bandida (qasddan badanga og'ir shikast yetkazish, o'ta xavfli retsidivist tomonidan) nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor deb topildi va shu moddaga asosan unga nisbatan JKning 57-moddasini (Yengilroq jazo tayinlash) qo'llagan holda 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Hukmdan norozi taraflar shikoyat yoki protest bildirishga haqli ekanligi tushuntirildi.

Яндекс.Метрика