У нас есть только
оригинальные песни

O'tgan hafta mobaynida O'zbekiston hududida yuz bergan yong'inlar oqibatida 9 kishi halok bo'ldi

calendar 23.12.2015
989

O'tgan hafta mobaynida O'zbekiston hududida 282ta yong'in yuz bergan.

Turli sabablarga ko'ra sodir bo'lgan yong'inlarda 6 nafar fuqarolar tan jarohatlari olishgan va 9 nafar fuqaro halok bo'lgan. Ushbu yong'inlarda 863 mln. so'mdan ortiq qurilish konstruktsiyalari va 907 mln. so'mga yaqin moddiy boyliklar yong'indan saqlab qolingan.

Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida yashovchi fuqaroning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong'in sodir bo'lib, uyning 80 kv.m. maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.

Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanida yashovchi fuqaroning uyida isitish pechining dudburoni qizib ketishi natijasida yong'in sodir bo'lib, uyning 90 kv.m. maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.

Andijon viloyati Paxtaobod tumanida yashovchi fuqaroning oshxonasidagi gaz plitasiga o'rnatilgan propan gaz ballonidan sizib chiqqan gaz hidini sezmagan uy egasining qizi, oshxonaga kirib elektr chirog'ini yoqqan vaqtida xonaga to'plangan gaz va havo aralashmasining chaqnashi sodir bo'lgan. Chaqnash natijasida uyning 40 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan hamda uy egasining qizi kuyish tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Яндекс.Метрика