У нас есть только
оригинальные песни

O'z akasini o'ldirgan qashqadaryolik 16 yilga qamaldi

calendar 28.11.2016
2034

Ismat bozordan uyiga qaytdi-yu, pullarini hisob-kitob qilgach, o'rniga cho'zildi. Qizi Manzura kelib, jiyani Bobomurod chaqirayotganini aytdi. Ko'chaga chiqqan Ismat jiyanini topolmadi. Bolalar unga akasi Nurmat bozordan qaytishda Bobomurodni so'kib, yuziga urganini, Bobomurod yerga yiqilib qolgandan keyin ham tosh bilan boshiga urganini aytib berishdi.

“Huquq” gazetasining xabar berishicha, uyga kirib, biroz dam olgan Ismat uyqudan turganida otasining hovlisidan akasining ovozini eshitdi. Yuzini chayib, o'g'ilchasi bilan o'sha tomon yurdi. Chorpoya yonida akasi onasiga jiyani bilan janjalning tafsilotlarini tushuntirayotgan ekan. 

Gapdan-gap chiqib, Nurmat Ismatga yopishib, uni do'pposlay boshladi. Ismatning ko'zlari qonga to'ldi. Karavot ustida yotgan pichoqni olib, uni baqirayotgan akasining ko'kragini mo'ljallab sanchdi. Qonni ko'rgan onasi va qayerdandir paydo bo'lib qolgan xotini Gulmira qichqirib yuborishdi. Gulmira yugurib kelib, qaynog'asini ushladi. Ismat hezlanib keldi-yu, pichoqni yana ikki bor sanchdi. 

Jinoyat ishlari bo'yicha viloyat sudida Koson tumanida tug'ilgan Ismat Hamroyevning jinoyat ishi ko'rildi. O'ta shafqatsizlik bilan yaqinlarining ko'z o'ngida qotillik jinoyatini sodir etgan I.Hamroyevga o'n olti yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Manba: kun.uz

Яндекс.Метрика