O'z vaqtida faoliyatini tugatgan Klichko

May oyining oxirlarida Vitaliy Klichko tan olgandi: ukasi Entoni Joshuani nokdaunga uchratganida Vladimirga shoshmaslikni va so'nggi raundlarda yana shunday oldinga tashlanish mumkinligini maslahat bergan ekan. «Hozirgacha bu maslahatim uchun o'zimni aybdor his qilaman. Barchasini tezda yakunlash kerak ekan», – degandi afsus bilan, Kiyev shahri meri.

Bunday so'zlardan keyin tushunish mumkin ediki, Vladimir albatta yana ortga qaytadi va Joshuani revanshga chaqirib mag'lubiyatga uchratishga urinib ko'radi. Ammo bu yerda tushunish lozim bo'lgan bir jihat bor edi: Katta Klichko endi afsus bilan, yutuq uchun zarur bo'lgan jihatni aytayotgan bo'lishi mumkin. Balki, sobiq chempion Entoni ringga qulaganidan keyin unga turbo-shturm uyushtirib oldinga borishi va uni nokautga uchratishi ham mumkin bo'lgandir. Ammo bu butunlay tavakkal, va-bank borish bo'lardi. Biroq aka-uka Klichkolarning eng asosiy quroli va balki eng katta yutug'i hamda shu bilan birga eng katta kamchiligi jang davomida maksimal darajada ehtiyotkor bo'lish edi.

Tavakkalchilik – hech qachon ular uchun «tashrif qog'ozi» bo'lmagan. Joshua bilan jangda ham Vladimir butun faoliyati davomida qo'llab kelgan taktikani tanladi: uzoq muddat raqibni o'rganish va uni g'azablantirish, shundan keyin esa, uni yoki ochkolar bo'yicha mag'lub etish, yoki chempionlik uch daqiqasini o'tkazib faqat o'shanda turbo rejimini qo'shish. O'sha kechada esa Vladimir Entoniga qaraganda kuchsizroq va sekinroq edi. Shunday ekan britaniyalik bokschini kamarga to'liq munosib edi deb aytish mumkin – bu yerda ortiqcha savol bo'lishi mumkin emas.

Mag'lubiyatdan keyin kichik Klichko bir qator g'alati bo'lgan chiqishlar qildi. Misol uchun ularda u o'zini triumfator sifatida his qilgani, liq to'la «Uembli» uni olqishlaganini ta`kidladi. «Ringni tark etayotganimda, vujudim jimirlab ketdi. Meni 100 mingga yaqin odamlar o'rnilaridan turib olqishlashayotgandi», – deya to'lqinlanib gapirgandi Vladimir. Shu ma`noda uning boksdagi, umuman faoliyatidagi eng so'nggi muhim jangini g'olib sifatida tark etishga ishonchi komil bo'lmaganini tushunish mumkin.

Revansh haqida hamma gapirdi: Klichkoning promouteri, Joshuaning promouteri, Andrey Ryabinskiy va hattoki Kostya Tszyu ham. Ammo avvaliga Vladimir «Inter» telekanaliga kelgusi rejalarini aytishni istamagan bo'lsa, keyinroq butunlay tanaffus qildi va OAVda umuman ko'rinish bermadi.

Unga qanchalik og'ir bo'lganini tushunish mumkin. U butun faoliyati davomida boks timsoli sifatida yashadi. Endi uning yo'lida bitta yo'l qolgandi: buyuk bokschi sifatida ketishdan voz kechish va so'nggi mag'lubiyatni tan olish, yoki Joshua bilan revansh va undan kamarni qaytarib olish hamda afsona sifatida ketish.

Vladimir roppa-rosa uch oy davomida o'ylandi va shundan so'ng haqiqiy Klichkolarga xos ravishda qaror chiqardi – o'z kuchiga to'g'ri baho bera oldi, umidvor variantdan voz kechildi va faoliyatini yakunladi. Hammasi to'g'ri edi: yaxshisi uni 10 yil davomida boksda yetakchi bo'lgan inson sifatida eslashsin, ringda qarib qartayib, tirishib, yiqilsa ham kurashga to'ymaydigan qariya (shartli ravishda xuddi Yemelyanenko kabi) sifatida yodga olishlaridan ko'ra shunisi ma`qul.


Комментарии (0) | Добавить: 04.08.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

1 dekabrdan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshadi
Facebook YouTube’ni «sindirmoqchi»
Paxtaga chiqmagani uchun ishdan haydalgan xodimlar ishga tiklandi
Rossiya O'zbekistonga neft yetkazib berishni boshladi
AQSh olimlari idish yuvish umrni uzaytirishini isbotlashdi?
Umrni uzaytirishning oddiy usuli aniqlandi
Qon guruhi havoning ifloslanishi tufayli infarkt kelib chiqish xavfiga ta’sir ko‘rsatadi
Elektr ta’minoti korxonasi vakilini onlayn ariza yordamida chaqirish imkoniyati yaratildi
«Real» Zidanga o'rinbosar qidirishni boshladi
Atamboyev endi nima qilishini aytdi
Qirolicha Yelizaveta II va shahzoda Filipp platina to'yini nishonlamoqda
Markaziy Osiyodagi eng qadimiy yozuv Qoraqalpog'istondan topilgan
Ravshan Ermatov JCh-2018 ishlashi mumkin bo'lgan hakamlar ro'yxatiga kiritildi
Norvegiya qiroli shifoxonaga yotqizildi
Alibaba gipermarketlar tarmog'ini sotib olmoqda
Galkin Pugachyova bilan nikohdan o'tdi
Alisher Usmonov yana bir futbol klubini sotib olishi mumkin
1 kunda Vladimir Putin yo'liga 50 dan ortiq bomba joylashtirilgani rostmi?
Serena Uilyams biznesmenga turmushga chiqdi
Punktual odamlarga xos 3 ta odat
Alisher Sultonov Ilhom Aliyev bilan uchrashdi. Prezidentning navbatdagi tashrifi Ozarboyjonga bo'ladi
2018-yildan oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari 1-avgustdan 15-avgustgacha o‘tkaziladi
Dam olish kunlari omadsizlar yo‘l qo‘yadigan 8 ta xato
To‘shakni dog‘ va noxush hidlardan tozalaymiz
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Davlat bayrog‘i kuni munosabati bilan 10 kilometrlik marafon o‘tkazadi
Ronaldu uylanadi
Rossiya aviasozlari “so'nggi kun samolyoti”ni yaratishdi
Messi “Barselona” bilan bir umrlik shartnoma imzolaydimi?
Bosh prokuratura o‘z telestudiyasiga ega bo‘ladi
Saudiya Arabistoni hukumati qo‘lga olingan shahzodalarga pul evaziga ozodlikni taklif qilmoqda