“O'zagroeksport” sarimsoq piyozning xarid narxini e`lon qildi

Ayni pishiqchilik davriga kirib boryapmiz. Bozorlarga aprel oyi oxirida qulupnay, tut va gilos chiqqan bo'lsa, hozir voha tomondan o'rik kelishni boshladi. Bodring arzon bo'lgan kunlardamiz.

Keksalarimiz “Qo'li dard ko'rmasin”, “Baraka topsin” deya duo qiladigan dehqonlarning mehnatlari evaziga yetishtirilgan hosil bu. Ana shunday mirishkorlar borligi sabab, iste`mol bozorimizda narxlar barqaror bo'lib turibdi.

Dehqonlarimiz o'zimizning bozorni to'ldirish bilan bir vaqtda katta maydonlarga ekkan mahsulotlarini chet davlatlarga eksport ham qiladi.

Bu yilgi sarimsoq piyoz hosili o'tgan yilgiga nisbatan ancha oshishi, ya`ni ko'proq maydonga ekilgani natijasida  ushbu mahsulotni jahon bozoriga eksport qilish imkoniyati bo'ladi.

“O'zbekoziqovqatxolding”  XK tarkibidagi “O'zagroeksport” kompaniyasi sarimsoq piyozning 2018 yilgi hosili uchun xarid narxlarini e`lon qildi. Unga ko'ra 55-60 mm kalibrli (o'lchamli) sarimsoq piyozning 1 kg uchun xarid narxi 4 500  so'm etib belgilandi.

Kichik tahlil

Ma`lumki, sarimsoq piyoz urug'i yerga sentabr oyida ekiladi. Sarimsoq piyoz sakkiz oyda yetilib, to'qqiz oyda pishadi. Aprel oyi, ya`ni yetilib qolgan paytida bandi ko'k holicha sotilsa,  may oyining oxirida kavlab olinib, ko'raklab sotiladi.

Hozir vodiy paykallari boshida ko'tarasiga sotilayotgan sarimsoq piyozning narxi ikki ming besh yuz, uch ming so'm ekan. Voha tomonlarda ertaki pishgan sarimsoq piyoz narxi 2 ming so'm atrofida. O'tgan yili sarimsoq piyoz xuddi shu payt bozorlarda kilosi 8000dan sotilgan edi.

Tahlilimiz tashkilot tomonidan sarimsoq piyozning xarid narxi dehqonlar uchun ichki bozor narxiga nisbatan foydali belgilanganini ko'rsatmoqda. Endi  ana shu narxda sotib olish uchun eksportyor – xaridor kelsa bo'lgani.       


Комментарии (0) | Добавить: 16.05.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi
Nonushtaga banan? Yo‘q, bu xavfli
Oiladagi janjalda uka halok bo'ldi
Ekologik falokatda faqat Rossiya manfaat olishi mumkinligi ma`lum bo'ldi
Tramp Xitoyni “talon-tarojlik”da aybladi
Pxenyandagi parad ko'p yillar davomida ilk marta ballistik raketalar namoyishisiz o'tdi
Olimlar uyqusizlik sabab semirish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashdi
O‘zbekistonda Facebook bilan bog‘liq muammolar fonida mobil VPN ommaviyligi keskin oshdi
Bosh vazir o'rinbosari: «Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka chek qo'yaylik!»
Ilonlar qurg'oqchilikdan keyin kamroq, yog'ingarchilikdan keyin ko'proq chaqishi aniqlandi
2019 yilda O'zbekistonda ko'pkari bo'yicha ilk jahon chempionati o'tkaziladi
Mi 8 Pro xalqaro bozorga chiqyapti – u Xiaomi’ning yangi flagmanimi?
Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli
“Ular me’yordan chiqishgan”. Olimjon Xudoynazarov “Dizayn” jamoasining tarqalgan audiolariga munosabat bildirdi (video)
Jurnalistlar Trampni sovuq urush uslubida masxara qildi
Saloh Misr terma jamoasi o'yinida 2 gol urib, 2 golga pas berdi va 2 penaltini urolmadi
Rustam Sa’diyev “Baron 2” filmining suratga olish ishlari qaysi davlatlarda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi
«Telegram»ning «klon»i paydo bo‘ldi
Alisher Usmonov tug‘ilgan kunini taniqli oligarxlar bilan Toshkentda nishonlamoqchi
Majburiy mehnatga jalb qilinganlar uchun ishonch telefonlari ishga tushirilmoqda
O'zbekistonda 10 sentabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o'tiladi
Salbiy kayfiyatda uyg'onish – o'ta xavfli
Shahram G'iyosov navbatdagi raqibini ma`lum qildi. Bu uning faoliyatidagi eng kuchli raqib
Tramp Apple’ga ishlab chiqarishini AQShga qaytarishni tavsiya qildi
Ayrim mahsulotlarni birga iste`mol qilib bo'lmaydi. Shu to'g'rimi?
15 sentabr “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga start beriladi
Makgregor UFC chempioni bo'lgan qizga ruhiy jarohat yetkazdi
Pasport yo'qolganda nima qilish kerak
Qanday xodimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?
Facebook ishlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi