У нас есть только
оригинальные песни

O'zbek futboli arab futbolidan ham ortda qoldi - O'FFning yangi prezidenti

calendar 25.01.2018
1300

Bugun, 25 yanvar kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida O'zbekiston futbol federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi tashkil etildi.

Hisobot-saylov konferensiyasida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining yangi prezidenti etib saylangan Ochilboy Ramatov o'zbek futbolining og'riqli nuqtalarini tilga olib o'tdi.

Yangi rahbar o'tgan davr mobaynida O'zbekistondagi futbol stadionlariga muxlislar tashrifi keskin kamayib ketganini qayd etib o'tib, buni rahbariyat «pastga tushib ishlamasdan, faqat Toshkentda o'tirgani» bilan izohladi.

«Hamma futbolchi Toshkentdagi jamoalarga yig'ildi. Viloyatlardagi futbol o'ldi.

Bu vaqtda esa boshqa davlatlarda, masalan, arab davlatlari to'g'ri ish olib bordi, hakamlikka e`tibor qaratildi. Ular vatan uchun futbol qanchalik kerakligini his qilib ishlashdi. Mana endi ular bizdan o'tib ketdi. Biz esa pozitsiyalarimizni yo'qotdik.

O'yinlarga tomoshabin kelmay qo'ydi. Nega? Tomoshabin kelmasa, nega kerak futbol.? Bu ommaviy sport turi. Ish kunida charchagan odamlar uchun hordiq chiqarish vositasi bo'lishi kerak futbol. Yoshlar vaqtini yomon ishlar bilan o'tkazmasligi uchun. Futbol - odamlar uchun bo'lishi kerak.

«Paxtakor» stadioniga bir vaqtlar 50-55 ming kishi kelardi. Qani endi o'sha muxlislar?

Chunki, bizning futbolda «o'yin» ko'p. Futbol emas, boshqacha o'yin», deya Ochilboy Ramatovning so'zlarini keltiradi «Tribuna» muxbiri.

Яндекс.Метрика