O'zbek-qozoq davlat chegarasi belgilandi

O'zbekiston va Qozog'iston chegarasini belgilash jarayoni 2004 yilning bahorida boshlangan edi.

O'zbekiston Respublikasi va Qozog'iston Respublikasi hukumati delegatsiyalari 21-25 dekabr kunlari Toshkentda o'zaro chegarani belgilash jarayoni yakuni bo'yicha majlis o'tkazadi. Bu haqda O'zbekiston TIV matbuot-xizmati asosida xabar qilingandi.

Sputnik nashrining O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga asoslanib ma'lum qilishicha, chegarani belgilash masalalari bo'yicha O'zbekiston-Qozog'iston qo'shma komissiyasi muzokaralari joriy yil avgustida o'tkazilgan. Tomonlar o'zbek-qozoq davlat chegarasini belgilashga doir yakuniy hujjatlarni tayyorlash ishlarini davom ettirishgani aytilmoqda.

Ikki mamlakat o'rtasidagi umumiy uzunligi 2000 kilometrdan ziyod bo'lgan chegara qismi 2002 yilning sentyabrida belgilab bo'lingan.


Комментарии (2) | Добавить: 22.12.2015
2. _Yagona_ (23.12.2015 07:19)
Tuwunarsiz
1. Farrux1992 (22.12.2015 20:51)
Xmmmm yaxshi bulibdi.

LF
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]