У нас есть только
оригинальные песни

"O'zbekenergo" va "O'ztransgaz" shtati 10 mingdan ortiq xodimga qisqartiriladi

calendar 30.05.2017
1101

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste`mol qilish sohasida to'lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmonni imzoladi.

Farmon bilan O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida energiya resurslari uchun to'lovlarning o'z vaqtida va to'liq undirilishiga, elektr va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda talon-toroj qilish holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olishga, shuningdek, sud hujjatlarining so'zsiz ijrosini ta`minlashga mas`ul bo'lgan Majburiy ijro byurosi tashkil etildi. Unga energiya resurslari yetkazib berilishi va iste`molini hisobga olishning to'liqligi hamda haqqoniyligi, ular uchun hisob-kitoblarning o'z vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan tekshirishlar o'tkazish; 

yetkazib berilgan energiya resurslari uchun qarzdorlikni iste`molchilar – yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bank hisobraqamlaridan so'zsiz undirish; 

yetkazib berilgan energiya resurslari uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan ko'p bo'lmagan miqdordagi qarzdorlikni iste`molchilarning ish haqidan ushlab qolish to'g'risida ish beruvchilarga talabnomalar yuborish; 

energiya resurslarini yetkazib berish va foydalanish sohasidagi qoidalarni buzganlik uchun yuridik shaxslarga belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo'llash; 

hisob-kitoblar o'z vaqtida amalga oshirilmagan hollarda, iste`molchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzish; energiya resurslaridan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish kabi vakolatlar berildi. 

Tuzilma "O'zbekenergo" va "O'ztransgaz" vazifalarining bir qismini oldi. Ishlarning bir qismi yangi byuroga o'tkazilishi natijasida “O'zbekenergo” AJning iste`molchilar bilan ishlash bo'yicha 6 562 ta elektromontyor shtat birliklari hamda “O'ztransgaz” AKning tabiiy gazni hisobga olish va realizatsiya qilish bo'yicha 4 255 ta nazoratchi shtat birliklari qisqartiriladi.

Bundan tashqari, yangi tashkilot paydo bo'lgani tufayli O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamenti tugatiladi va uning 1 301 ta bo'shatilayotgan shtat birliklari Byuroga o'tkaziladi. 

Яндекс.Метрика