У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekiston​ 2020 yilgi MDH raisligiga da`vo qilmoqda

calendar 11.10.2017
1748

O'zbekiston va Moldova MDH tashkilotiga 2020 yilda raislik qiluvchi nomzodlar sifatida qayd etildi. MDH Ijroiya qo'mitasi raisi Sergey Lebedevning ta`kidlashicha, bu masala ikki mamlakat o'rtasida o'zaro hal qilinishi maqsadga muvofiq.

«O'zbekiston Respublikasi prezidenti o'z nutqida «​O'zbekiston 2020 yili MDH raisligini qabul qilishga tayyor»​ ekanini, alifbo ketma-ketligi bo'yicha Turkmanistondan so'ng MDH doirasidagi sammit va uchrashuvlarni oliy darajada o'tkazish mas`uliyatni zimmasiga olishini bildirdi»​, deydi u jurnalistlar bilan suhbatda.

Lebedevning aytishicha, mana shunday taklif bilan Moldova prezidenti ham chiqqan. Do'stona va erkin ruhda o'tgan uchrashuvda hamkasblar bu masalani ikki davlat o'zaro hal qilishi lozimligini ta`kidlashgan.

Яндекс.Метрика