У нас есть только
оригинальные песни

«O'zbekiston 24» telekanali 24 iyul kuni ish boshlaydi

calendar 21.07.2017
2511

O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibida tashkil qilingan yangi formatdagi yangiliklar telekanali bo'lmish «O'zbekiston 24» axborot-tahliliy teleradiokanali keyingi haftadan ish boshlaydi. 

Yangi kanal 24 iyuldan efirga chiqadi. Telekanal efirlari boshlanishiga yozib olingan holda efirga uzatiladi. 

«Ayni vaqtda telekanal faoliyati yo'lga qo'yilishi uchun ishlar qizg'in. Barchasi 24 iyulga qarab ketmoqda», deya ma`lumot bergan.. U telekanal ochilishi prezident Shavkat Mirziyoyevning tug'ilgan kuniga to'g'ri kelishiga e`tibor qaratgan.

Ushbu telekanal «Diyor» telekanali va «Toshkent» radiokanallarining chastotalarida efirga chiqadi. Telekanal xodimlari soni 251 kishi bo'lishi belgilangan. 

Telekanal SD va HD formatlarida efirga uzatiladi.  Uning HD formatidagi translyatsiyasi mamlakatda ushbu formatga to'liq o'tilgunga qadar parallel ravishda UzHD kanalida ham amalga oshiriladi.

Яндекс.Метрика