O'zbekiston 27 davlatdan keladigan sayyohlar uchun viza tartibini bekor qildi

2017 yil 1 apreldan boshlab turizm maqsadida O'zbekiston Respublikasiga 30 kundan ortiq bo'lmagan muddatga keluvchi Avstraliya, Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Lyuksemburg, Niderlandiya, Koreya Respublikasi, Singapur, Finlyandiya, Shveytsariya va Yaponiya fuqarolari uchun viza tartibi bekor qilinadi. Bu xorijiy fuqarolarning O'zbekiston Respublikasiga tashrifi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va viza tartib-taomillarini soddalashtirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan "O'zbekiston respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta`minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmonida ko'zda tutilgan.Shuningdek, Belgiya Qirolligi, Indoneziya, XXR (turistlar guruhlari tarkibida), Malayziya, AQSh, Fransiya, Vetnam, Isroil, Polsha, Vengriya, Portugaliya va Chexiyaning 55 yoshga to'lgan va turizm maqsadida 30 kundan ortiq bo'lmagan muddatga O'zbekiston Respublikasiga keluvchi fuqarolari uchun viza rejimi bekor qilinadi.Yuqorida nomlari keltirilgan xorijiy davlatlarning fuqarolari O'zbekiston Respublikasiga kirishda 50 AQSh dollari miqdorida Davlat byudjyetiga o'tkaziladigan kirish yig'imi to'laydi.Kirish yig'imi to'langanligini tasdiqlaydigan hujjat mamlakatga kirish uchun asos hisoblanadi."O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Markaziy bank bilan birgalikda 2017 yil 1 martgacha bo'lgan muddatda xorijiy fuqarolar tomonidan kirish yig'imi to'lanishi tartibini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin", deyilgan farmonda.Shu bilan bir qatorda, 2017 yil 1 yanvardan boshlab barcha mamlakatlar uchun 30 kun muddatga beriladigan yagona sayyohlik vizasini joriy etish bo'yicha takliflar tayyorlanishi lozim. Bunda tranzit, xalqaro aeroportlarda va O'zbekiston davlat chegaralari orqali o'tkazish punktlarida viza olish tartiblari sezilarli soddalashtiriladi. Shuningdek, O'zbekistonda sayyohlik sohasida faoliyat olib boruvchi chet ellik mutaxassislarga ruxsatnoma olishni ularga jismoniy shaxslar daromad solig'ini to'lashda imtiyozlar taqdim etgan holda soddalashtirish ham ko'zda tutilgan.Bundan tashqari, vizalarni rasmiylashtirish va taqdim etishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish, jumladan, viza olish uchun hujjatlarni topshirish va anketalarni to'ldirishda O'zbekistonning xorijdagi vakolatxonalari va Tashqi ishlar vazirligi konsullik boshqarmasiga tashrif buyurmagan holda onlayn to'ldirish tizimidan foydalanish, shuningdek, 2018 yildan boshlab elektron viza tizimini tatbiq etish ham belgilangan.Mutasaddi davlat tashkilotlariga kelgusi yilning apreligacha bo'lgan muddatda Toshkent, Samarqand, Buxoro va Urganchdagi xalqaro aeroportlarda respublikaga kelayotgan va undan ketayotgan chet ellik sayyohlar uchun pasport va bojxona nazorati, yuklarni olish va transport xizmati soddalashtirilgan «yashil yo'lak» bojxona nazorati tizimini joriy etish bo'yicha zarur choralarni amalga oshirish vazifasi topshirildi.Respublikaning aeroport va vokzallarida chet el fuqarolariga qo'shimcha qulaylik yaratish hamda jarayonlarni tezlashtirish maqsadida rezident va norezidentlar uchun alohida pasport nazoratidan o'tish tashkil etiladi.Tegishli tuzilmalarga qo'shimcha ravishda yo'lovchilarga bepul asosda ko'rsatilayotgan xizmat ko'rsatish darajasi va sifatini oshirish, aeroport va temir yo'l vokzallarida qulay sayyohlik informatsion muhiti, jumladan, sayyohlik-ma`lumot punktlari, sayyohlik navigatsiya tizimlari, mo'ljal olish belgilari va boshqalarni tashkil etish topshirildi.Mazkur farmonning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari Rustam Azimov zimmasiga yuklangan.

Manba: O'zA


Комментарии (0) | Добавить: 06.12.2016
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) sevgan 10 ta oziq-ovqat
Shohruhxon va Asal Shodiyevadan yangi fotosessiya
Apple’ning yangi egiluvchan smartfoni haqida batafsil ma’lumotlar paydo bo‘ldi
Moskva sudi Telegram’ni FXX talabini bajarmagani uchun 14 ming dollar jarimaga tortdi
Ramzan Qodirov shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari​ning qabrini ziyorat qildi
Qirg'izistonning yangi prezidenti Sooronboy Jeenbekov, uning oilasi va qarindoshlari haqida nimalar ma`lum?
Qanday qilib uyqudan yaxshi kayfiyat bilan uyg‘onish mumkin?
Qualcomm Xitoyda iPhone ishlab chiqarishni taqiqlashni talab qildi
Alisher Usmonov o'z samolyotini O'zbekiston prezidentiga ijaraga bergan
Mirziyoyev elektr energiyasi va tabiiy gaz bo'yicha yig'ilish o'tkazdi
BMT: dunyoda 815 mln odam och qolmoqda
Shakardan voz kechishning 3 usuli
Jahon chempionati uchrashuvini ilk marta ayol hakam boshqaradi
Neymar eng yaxshi futbolchi sifatida Messini ortda qoldirdi
Telegram’ning rus tilidagi yangi versiyasi ishga tushdi
Sirdaryoda 2 nafar fuqaroning noqonuniy baliq ovlashi salkam 25 mln so‘mga tushdi
Dubay aeroportida yuzni aniqlovchi virtual tunnel-akvarium paydo bo‘ladi
Telefon suvga tushsa nima qilish kerak?
Hindistonda oq yo'lbarschalar park xodimini g'ajib tashladi
O'zbekiston​ 2020 yilgi MDH raisligiga da`vo qilmoqda
Las-vegaslik merganning miyasi o'rganildi
Messi tarixga kirdi
Miyani chiniqtiruvchi 5 ta jismoniy mashq
Bo‘ysunmaydigan sochlarni qanday uddalash mumkin?
Shavkat Mirziyoyev Sochiga jo‘nab ketdi
Turkmanistonda gaz, elektr va suvdan bepul foydalanish bekor qilinadi
FIFA prezidenti Infantino Maradona va Messini taqqoslab ko'rdi
Putin bir-biriga juda o‘xshash bo‘lgan gubernatorlarni tayinlashda davom etmoqda
Milliy xavfsizlik xizmati bir necha yirik valyutafurushlarni qo'lga oldi
Uyi yoki mashinasini dollarda sotganlarga qanday jazo bor?