У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekiston dunyoning eng qudratli pasportlari reytingida

calendar 25.10.2017
2151

Mitti Singapur vizasiz eng ko'p mamlakatlarga sayohat qilish imkoniga ega dunyodagi eng qudratli pasportga egalik qiladi. Bu haqda Compare Passport Index reytingida ma`lum qilindi. 

Bunday hujjatlarni kuzatuvchi pasportlar indeksiga ko'ra, Paragvay singapurliklar uchun cheklovni bekor qilganidan so'ng shahar-davlat (Singapur) birinchi o'ringa chiqib oldi.

Bu Singapur pasporti egalarining taxminan 5,6 millioni endi 159 mamlakatga yo vizasiz borishi mumkin, yoki tashrif davomida viza olishini anglatadi.

Dunyoning eng qudratli pasportlari reytingida ikkinchi o'rin Germaniyaga nasib etdi. Bu mamlakat fuqarolari 158 davlatga vizasiz tashrif buyurishi mumkin. Uchinchi o'rinda esa Shvetsiya va Janubiy Koreya qayd etildi.

AQSh pasporti oltinchi o'rinda MalayziyaIrlandiya va Kanada mamlakatlari pasporti bilan bir qatorda kelgan.

O'zbekiston pasportlar reytingining 72-pog'onasida Ruanda va Tojikiston bilan bir qatorda keltirilgan.

Afg'oniston faqat 22 mamlakatga vizasiz kirish imkoni bilan ro'yxatdan chiqarildi.

Pasportlar reytingiga ko'ra, Donald Tramp prezident lavozimiga o'tirishi bilan AQSh pasportining nufuzi pasaydi.

Ta`kidlash joizki, birinchi marta Osiyo mamlakati dunyoning eng qudratli pasporti egasi sifatida qayd etilgan.

Яндекс.Метрика