У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekiston halq shoiri Abdulla Oripov Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusufni hotirladi

calendar 03.08.2016
3003


Joriy yilning 30 iyul' shanba kuni «Hilol nashr» matbaasiga O'zbekiston qahramoni, halq shoiri Abdulla Oripov tashrif buyurdi. U kishi suhbat asnosida Ustoz Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahmatullohi alayhni hotirlash, u kishi asos solgan nashryot va uning hodimlari bilan yaqindan tanishish hamda Hazrat qoldirgan boy ilmiy merosning halqimiz qo'liga qay ko'lamda Yetib borayotgani haqida to'liqroq ma`lumotga ega bo'lish maqsadida tashrif buyurganini ta`kidlab o'tdi. Suhbat info.islom.uz saytida e`lon qilindi.
Mehmonning qudumi munosabati bilan nashriyot hodimlari ishtirokida davra suhbati uyushtirildi. Suhbatda ustoz Abdulla Oripov Shayh Hazratlari bilan kechgan hotiralarini shavqu zavq bilan yodga oldi. Jumladan, Hazratning targ'ibotlari bilan hadislar ma`nolari asosida she`riy risola yaratganini va shu sabab bo'lib u kishi bilan birga haj ibodatini ado etishga musharraf bo'lganini eslab o'tdi. U kishi Shayh hazratlari haqida, jumladan, shunday dedi: «Shayh Muhammad Sodiq janoblari yuz-ikki yuz yilda bir keladigan insonlardan edilar. U kishidan biz juda ko'p narsa o'rganganmiz. Dunyoqarashlari o'ta keng, haqiqiy alloma edilar. Halqimizni dunyoga tanitgan chin o'zbek o'g'lonlaridan, daholardan edilar. Men doim aytaman, u kishining parvozlari Abu Rayhon Beruniy, imom G'azoliylarning parvozlariga monand edi...»
Uctoz Abdulla Oripov Shayh hazratlarining farzandi Ismoil Muhammad Yusuf janoblari bilan samimiy suhbat qilib, olib borayotgan faoliyatlariga yuqori baho berdi va bu ilm-ma`rifat yo'lida yanada bardam bo'lishlarini aytib, ezgu tilaklar bildirdi. Ayniqsa nashriyotning yutuqlari, u Yerda chop qilinayotgan kitoblarning sifat darajasi nihoyatda yuqoriligidan quvonganini yashirmadi. O'z navbatida, Ismoiljon domla ham o'zi va butun nashriyot hodimlari nomidan aziz mehmonga tashakkurlar izhor qilib, go'zal tilaklar aytdi. Suhbat so'ngida tilovati Qur`on qilinib, marhumlar haqiga duolar qilindi.
Hasanhon Yahyo Abdulmajid

Яндекс.Метрика