У нас есть только
оригинальные песни

«O'zbekiston havo yo'llari»ning «Orzu layneri» ilk halqaro reysni amalga oshirdi

calendar 12.09.2016
1545

«O'zbekiston havo yo'llari»ning Boeing 787-8 samolyoti Olmaota aeroporti qabul qilgan ilk Dreamliner bo'ldi.

Milliy aviakompaniyaning «Orzu layneri» 9 sentyabr' kuni soat 19:00da Toshkent aeroportidan uchib, Qozog'istonning Olmaota shahri aeroportiga muvaffaqiyatli ravishda qo'ndi.

Aviakompaniya matbuot hizmati ma`lum qilishicha, yangi laynerni O'zbekistonning Qozog'istondagi elchihonasi hodimlari, aeroport rahbariyati, mahalliy vazirlik va idoralar, OAV vakillari kutib olgan.

«Olmaota halqaro aeroporti Boeing-787-8 Dreamliner rusumidagi samolyotni ilk marotaba qabul qildi va hizmat ko'rsatdi», — deyilgan habarda.

Eslatib o'tamiz, «O'zbekiston havo yo'llari» milliy aviakompaniyasi yangi Boeing-787-8 Dreamliner samolyotini 5 sentyabridan boshlab ekspluatatsiya qila boshladi. 

5—6 sentyabr' kunlari yangi layner «Toshkent — Urganch», «Urganch — Buhoro», «Buhoro — Toshkent» yo'nalishlari bo'ylab parvozlarni amalga oshirdi.

Dreamliner 7 sentyabr' kuni ilk bor Navoiyga, 9 sentyabr' kuni Nukusga uchdi.

Яндекс.Метрика