У нас есть только
оригинальные песни

«O'zbekiston havo yo'llari», O'zMB, «O'zavtoyo'l» va NTMK AJga aylantiriladi

calendar 23.10.2016
1934

O'zbekiston respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 17 oktabrda «Davlat ulushi katta bo'lgan aksionerlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarorini imzoladi. Unga ko'ra, «O'zbekiston havo yo'llari» Milliy aviakompaniyasi, «O'zavtoyo'l» kompaniyasi, «O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki» unitar korxonasi hamda «Navoiy tog'-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi 2016−2017 yillarda aksionerlik jamiyatlariga aylantiriladi.

Bu haqda Qimmatli qog'ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi ma`lum qilgan.

Hujjatda 10ta strategik aksionerlik jamiyati ro'yxati keltirilgan bo'lib, ular orasida yuqorida sanab o'tilgan AJga aylantiriluvchi oddiy aksiyalarining 100 foizi davlatga tegishli kompaniyalar ham bor:
«O'zbekneftgaz» MXK;
«O'zbekenergo» AJ;
«O'zbekiston temir yo'llari» AJ;
«O'zbekiston havo yo'llari» AJ;
«O'zavtoyo'l» AJ;
«O'zbektelekom» AJ;
«Navoiy tog'-metallurgiya kombinati» AJ;
«Olmaliq tog'-metallurgiya kombinati» AJ;
«Xalq banki» ATB;
«O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki» ATB.

Яндекс.Метрика