У нас есть только
оригинальные песни

«O'zbekiston havo yo'llari» yana 3ta Dreamliner sotib olishni rejalashtirgan

calendar 13.09.2016
2008

«O'zbekiston havo yo'llari» milliy aviakompaniyasi yana 3ta Boeing 787 Dreamliner rusumli samolyotini olishni rejalashtirgan. Bu haqda o'z manbasiga asoslangan holda Sputnik agentligi habartarqatgan.

«Boing – fuqaro samolyotlari» kompaniyasi prezidenti Reymond Konnerning O'zbekistonga 7 sentyabr' kuni amalga oshirgan tashrifi vaqtida yangi samolyotlar harid qilish bo'yicha muzokaralaro'tkazilgan.

«Kompaniya 3ta yangi samolyot sotib olish borasida dastlabki kelishuvga ega. O'zbekiston milliy aviakompaniyasining dastlabki ikkita «orzu layner»lari 787-8 komponovkasida (turkum) bo'lgandi, yangi samolyotlar yo'lovchi o'rindiqlari soni ko'paytirilgan 787-9 komponovkasida bo'ladi», — deyilgan habarda.

Qayd etilishicha, O'zbekiston tomoni samolyotlarga bir qator talablarni qo'ymoqchi. An`anaga ko'ra, bu tejamkor tasnifida o'rindiqlar orasidagi masofaning kengroq bo'lishi, kattalashtirilgan ekranlar va yana boshqa qulayliklardan iborat bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, 2016 yilning 31 avgustida «O'zbekiston havo yo'llari» o'zining ilk «orzu layneri»ni (246 yo'lovchiga mo'ljallangan - tahr.) qabul qilgandi. Bu layner avvalgi Boeing 767 rusumli samolyot bilan solishtirganda Moskvaga 10 daqiqa tezroq, Parijga esa 20-30 daqiqa tezroq Yetib boradi.

Milliy aviakompaniya yangi samolyotini 5 sentyabridan boshlab ekspluatatsiya qila boshladi. Ilk halqaro reys esa 9 sentyabr' kuni Qozog'istonning Olmaota shahriga amalga oshirildi.

Shu yilning noyabr' oyida aviakompaniya parki ikkinchi Boeing 787-8 Dreamliner samolyotini qabul qilib oladi.

Yangi samolyotlar AQSh va Kanada, Osiyo, Afrika va Avstraliyadagi shaharlarga parvozlar uchun foydalaniladi.

Яндекс.Метрика