O'zbekiston ilk virtual sport arenasi ochildi

O'zbekiston virtual sport o'yinlari va kiber futbol federatsiyasi O'zbekistonda birinchi «UZ Arena» kibersport arenasining ochilish marosimini o'tkazdi. Shuningdek mazkur voqeaga bag'ishlangan matbuot anjumanini tashkil qildi.

Matbuot anjumani birinchi navbatda Federatsiyaning davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan O'zbekistonda virtual sportning rivojlanishiga qaratilgan masalalar bo'yicha samarali hamkorlikni yo'lga qo'yish, aholining «UZ Arena» virtual sport arenasi hamda Federatsiyaning bugungi kundagi faoliyati va kelajakdagi rejalari haqida xabardor qilishga bag'ishlandi.

Federatsiya faoliyatining asosiy maqsadi O'zbekiston Respublikasi hududida virtual sportni rivojlantirish va ommalashtirish, virtual sportning turli yo'nalishlari bo'yicha musobaqalar, sport va boshqa tadbirlarni tashkillashtirish va o'tkazishdan iborat.

«UZ Arena» kibersport arenasi Bunyodkor shoh ko'chasidagi «INTEGRO» Savdo majmuasi ichida 2.300 kvadrat metrli joyga joylashgan bo'lib, ohirgi turdagi «Sony Playstation» o'yin qurilmalari, jahon kiber arenalarning talablariga mos bo'lgan 50 ta superzamonaviy kompyuterlar, an`anaviy va kiber sport tadbirlarini namoyish etishga mo'ljallangan 3 ta katta «LED» ekran hamda stol tennisi uchun maxsus joyni o'z ichiga olgan.

Federatsiya Prezidenti Azizbek Pattaxovning ta`kidlashicha virtual sport o'yinlari bilan shug'ullanish, ushbu sport yo'nalishida yurtdoshlarimiz, yoshlarimizning jahon musobaqalari, chempionatlarida qatnashishi va ulardagi muvaffaqiyatlarini ta`minlash maqsadida ushbu «UZ Arena» kibersport arenasi tashkil etildi.

O'tgan yili Federatsiya o'z faoliyatini Assotsiatsiya sifatida boshlagan bo'lsa, mana endi joriy yildan O'zbekiston virtual sport o'yinlari va kiberfutbol federatsiyasi sifatida faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

O'zbekiston virtual sport o'yinlari va kiber futbol federatsiyasi mamlakatimizda virtual sportni rivojlantirishga o'z hissalarini qo'shish va aholining IKT sohasiga qiziqishlarini orttirish maqsadida O'zbekiston Respublikasini bir guruh fuqarolarining tashabbuslari bilan tashkil qilingan bo'lib, 2016 yil oktabrda nodavlat notijorat tashkiloti sifatida Adliya vazirligidan ro'yxatdan o'tgan.


Комментарии (0) | Добавить: 02.10.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Bred Pitt Anjelina Jolining yoshligini eslatuvchi qiz bilan uchrashishni boshladi
Yulduzlarning gonorari: O‘zbekistonda qo‘shiqchi va aktyorlar qancha pul topadi?
Madaniyat vazirligi Sharof Rashidovga shaxsan tegishli bo'lgan buyumlarni xarid qiladi
Twitter xavfsizlik tizimini kuchaytiradi
Yangi vazirlikka ayol kishi rahbar etib tayinlandi
Apple rasmiy servislarda ta`mirlanmagan smartfonlarni bloklamoqchi
Qozog‘iston kartoshkasi qimmatlab, O‘zbekistonga olib chiqib ketilmoqda. O‘zbekistondagi talab Qozog‘iston kartoshka bozoriga qanday ta’sir
Putin dunyodagi geosiyosiy vaziyatga izoh berdi
Toshkentda yangi haydovchilik guvohnomalarining berilishi 20-oktabrdan boshlanadi
Toshkent, Sirdaryo, Jizzaxda terimchilar bir kilogramm paxta uchun 800 so‘mdan, qolgan hududlarda 700 so‘mdan haq olishni boshladi
Kreml: Putin o'z nomzodini qo'yishi haqida hozircha indamadi
Ishda unumli tanaffuslar tashkil qilishning 5 usuli
Go'sht va baliq narxlari oshmasligi uchun qaror qabul qilindi
O'zbekiston razvedkasi Britaniyadagi musobaqada g'olib bo'ldi
Ko‘proq narsaga ulgurish va kamroq charchashning 5 yo‘li
UZ ma’muriyati Osiyo-Tinch okeani yuqori daraja domenlari assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lib kirdi
Buxoroda “balo-qazolardan xalos etish” evaziga 5 ming dollar olgan folbin qo‘lga olindi
MRB Lulu laqabli itni portlovchi moddalarni qidirishni istamagani uchun ishdan bo‘shatib yubordi
Koreyalik mutaxassislar Toshkent aeroportini yaxshilashga yordam beradi
Dunyoda har kuni 5 yoshgacha bo'lgan 15 ming bola hayotdan ko'z yumadi
20 oktabr kuni O'zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma`lumoti
Sochi yaqinida o'zbekistonlik xavfli jinoyatchi ushlandi
Odil Ahmedov Osiyo chempionlari ligasi finalida o'ynamaydi
Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) sevgan 10 ta oziq-ovqat
Shohruhxon va Asal Shodiyevadan yangi fotosessiya
Apple’ning yangi egiluvchan smartfoni haqida batafsil ma’lumotlar paydo bo‘ldi
Moskva sudi Telegram’ni FXX talabini bajarmagani uchun 14 ming dollar jarimaga tortdi
Ramzan Qodirov shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari​ning qabrini ziyorat qildi
Qirg'izistonning yangi prezidenti Sooronboy Jeenbekov, uning oilasi va qarindoshlari haqida nimalar ma`lum?
Qanday qilib uyqudan yaxshi kayfiyat bilan uyg‘onish mumkin?