У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekiston jome` masjidlarida Qurbon hayiti namozi o'qildi

calendar 21.08.2018
726

21 avgust, seshanba tongida mamlakatimizdagi 2000ga yaqin jome` masjidlarida Qurbon hayiti namozi o'qildi. 

Dastlabki ma`lumotlarga ko'ra, ularda 15 milliondan ortiq yurtdoshlarimiz saodatli kun ibodatini ado etdi, deb yozmoqdaO'zA. 

Poytaxtimizdagi Hazrati Imom jome` masjidi ham erta tongdan yurtdoshlarimiz bilan gavjum bo'ldi. 

Qurbon hayiti ma`ruzasida insonlarga mehr ko'rsatish, ularning o'y-tashvishlarini o'rganib, yaxshilik qilish g'oyat savobli tadbirligi, shu ma`noda xalqimiz saodatli turmushi yo'lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar, ularning hayotdan rozi bo'lib yashashi yo'lidagi sa`y-harakatlar g'oyat qadrli ekani aytildi. 

Яндекс.Метрика