У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekiston Osiyo chempioni!

calendar 28.01.2018
1351

Xitoyda davom etayotgan Osiyo chempionati yakunlandi. Unda O'zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo chempionligini qo'lga kiritdi. 

Oppoq qor ostida boshlangan uchrashuvda dastlabki gol 8-daqiqada kiritildi. Rustam Ashurmatov burchakdan yetkazib berilgan to'pga boshi bilan zarba berib hisobni ochdi. Birinchi bo'lim yakuniga yaqin vetnamliklar yarimhimoyachisi Nguyen Tsyuang Hai jarima zarbasini aniq amalga oshirib hisobni tenglashtirdi. Bu hisob o'yin so'ngiga qadar o'zgarmay qoldi.

Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarning so'nggi daqiqalarida esa Andrey Sidorov tomonidan kiritilgan gol O'zbekistonga g'alabani taqdim etdi. Natijada O'zbekiston bosh sovrinni qo'lga kiritdi

Osiyo chempionati U-23
Final
Vetnam U-23 - O'zbekiston U-23 1:2 (1:1)
Gollar: 
Nguyen Tsyuang Hai (41) - Rustamjon Ashurmatov (8), Andrey Sidorov (120).

Vetnam U-23: 1.Bui Tiyen Dung, 2.Pxam Xuan Man, 4.Bui Tiyen Dung, 6.Luong Xuan Truong, 8.Xpam Duk Xuy (Xa Duk Chin, 57), 10.Nguyen Kong Pxuong (20.Bui Tiyen Dung, 80), 11.Do Duy Man, 14.Pxan Van Duk (7.Nguyen Xong Duy, 109), 17.Vu Van Tan, 19.Nguyen Kuang Xai, 21.Tran Din Trong.

O'zbekiston U-23: 1.Botirali Ergashev, 2.Rustamjon Ashurmatov, 4.Akromjon Komilov, 5.Abbosjon Otaxonov (22.Bobur Abdixoliqov, 103), 6.Azizjon G'aniyev, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Jasurbek Yaxshiboyev (16.Doniyor Narzulayev, 46), 9.Zabihillo O'rinboyev, 10.Javohir Sidiqov (11.Andrey Sidorov, 118), 17.Dostonbek Hamdamov, 20.Dostonbek Tursunov.

 

Яндекс.Метрика