У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekiston Qozog'istonga elektr energiyasi uchun 130 mln dollar to'ladi

calendar 02.10.2017
1217

O'zbekiston yetkazib berilgan elektr energiyasi qarzning bir qismini yopish uchun Qozog'istonga 130 mln dollar to'ladi. Bu haqda «Kazinform» agentligi KEGOC AJ boshqaruvi raisi Bakitjan Kajiyevga asoslangan holda xabar qilmoqda.

Kajiyevning qayd etishicha, O'zbekiston va Qozog'iston bu borada turli fikrlarga ega edi. «Biz kelishuvga erishib, O'zbekiston energiya tizimi bilan shartnoma munosabatlarini hal qilganimizdan boshlab, O'zbekiston 140 mln dollardan ortiqroq qarz bo'lgan edi», - deb qo'shimcha qildi u.

Uning aytishicha, bugungi kunda ushbu masalani hal etish ustida ish olib borilmoqda.

KEGOC boshqaruvi raisining ta`kidlashicha, O'zbekiston qarzning katta qismini to'lagan. Hozirda, qarz qoldig'i 11,33 mln dollarni tashkil etadi. O'zbekiston 2017 yil oxirigacha qarzning qolgan qismini to'laydi.

Яндекс.Метрика