У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekiston termasi 5ta oltin bilan Hindistondagi turnirni birinchi o'rinda yakunladi

calendar 01.02.2018
1444

Bugun, 1 fevral kuni Hindistonda bo'lib o'tgan India Open turnirida 7 nafar o'zbekistonlik bokschi final janglarini o'tkazishdi.

Oltin medal uchun ringa chiqqan 7 nafar bokschidan 5 nafari maqsadga erishdi, ikki bokschi kumush medal bilan cheklanadigan bo'ldi.

Bobousmon Boturov, Isroil Madrimov, Bahodir Jalolov, Abdulhay Shorahmatov va Xudoynazar Fayzov o'z raqiblaridan ustun keldi, Sanjar Tursunov va Iqboljon Xoldorov mag'lubiyatga uchradi.

Shu tariqa, 10 sportchi bilan turnirga borgan O'zbekiston vakillari 5ta oltin va 2ta kumush medal bilan birinchi bo'lishdi. Ikkinchi o'rinni 3ta oltin medal olgan Kuba vakillari egallashdi.

Яндекс.Метрика