У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekiston U-23 terma jamoasiga beriladigan mukofot ma`lum bo'ldi

calendar 28.01.2018
2331

Xitoyda bo'lib o'tgan Osiyo chempionati U-23 musobaqasida g'alaba qozongan O'zbekiston U-23 terma jamoasi bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:50da Toshkentga yetib keladi.

Tribuna.Uz manbalari bergan xabarga ko'ra, Osiyo chempioni bo'lgan futbolchilarga O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig'i bilan bittadan Chevrolet Malibu rusumidagi avtomobillar taqdim etiladi.

Bugun Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda futbolchilarni kutib olish marosimi bo'lib o'tadi. Shundan so'ng O'zbekiston mehmonxonasida futbolchilarni taqdirlash marosimi o'tkazilishi ko'zda tutilgan.

Яндекс.Метрика