У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekiston va Kuvayt energetika sohasidagi o'zaro hamkorlik masalasini muhokama qildi

calendar 25.12.2015
889

                                            

Kuvayt Davlatining O'zbekistonga yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Ahmad Xolid Abdulla al-Jiyran O'zbekiston bosh vaziri o'rinbosari G'ulomjon Ibrohimov bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog'ida tomonlar ikki davlatning turli sohalarda iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish masalasini muhokama qilishdi.

Ibrohimov Kuvayt elchisiga KFAED fondi orqali O'zbekistonda bir necha istiqbolli loyihalar faoliyati yo'lga qo'yilgani uchun minnatdorchilik bildirdi. U O'zbekiston va Kuvayt turli sohalardagi hamkorlikni kuchaytirishiga umid bildirib o'tgan.

O'zbekiston bosh vaziri o'rinbosari mamlakatning turli mineral boyliklar, neft va gaz resurslariga boyligi haqida ta'kidlab, O'zbekiston Kuvayt bilan bu borada hamkorlik yo'lga qo'yishga tayyorligini bildirgan.

Яндекс.Метрика