У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekiston va Qirg'iziston hukumatlari rahbarlari chegaradagi vaziyatni muhokama qilishdi

calendar 05.09.2016
3713

Qirg'iziston bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov O'zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev bilan Samarqandda uchrashuv o'tkazdi. Bu haqda Qirg'iziston hukumati matbuot hizmati habar bergan."Uchrashuv 3 sentyabr' kuni Qirg'iziston bosh vazirining O'zbekiston prezidenti Islom Karimovning dafn marosimiga tashrifi doirasida bo'lib o'tdi", deyilgan habarda.Sooronbay Jeenbekov Qirg'iziston prezidenti Almazbek Atambayev nomidan ta`ziya bildirgan. U  O'zbekistonning birinchi prezidentining mamlakatning mustaqillikka erishishi, halqaro mavqeinining mustahkamlanishi va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim o'rin tutganini e`tirof etgan.O'z navbatida Shavkat Mirziyoyev Qirg'iziston hukumati rahbariga og'ir kunda qo'llab-quvvatlab turgani uchun minnatdorlik bildirgan.Uchrashuv chog'ida hukumat rahbarlari  savdo-iqtisodiy, qishloq ho'jalik sohasi, transport infratuzilmasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishgan.Shuningdek, uchrashuvda chegara hududidagi vaziyatga alohida e`tibor qaratilgan.
Яндекс.Метрика