O'zbekiston va Tojikiston o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi ikki barobarga oshdi

O'zbekiston va Tojikiston o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi joriy yilning birinchi choragida o'tgan yilning shu davridagi ko'rsatkichga nisbatan deyarli ikki baravar ko'paydi. Bu haqda Tojikiston Iqtisodiyot vazirligi xabar bermoqda.

Statistik ma`lumotlarga ko'ra, joriy yilning birinchi choragida ikki qo'shni davlat o'rtasidagi savdo hajmi 41,5 mln AQSh dollarini tashkil etdi, bu 2017 yil yanvar-mart oyidagi ko'rsatkichga nisbatan 1,8 barobar ko'pdir.

Tojikiston iqtisodiyot blokining bo'limlariga ko'ra, eksport qilinadigan tovarlar ro'yxatiga sement va kvars qumi ham qo'shilgan (kvars qumi shisha ishlab chiqarishda asosiy element sifatida ishlatiladi).

Avvalroq, Tojikiston Respublikasi Investitsiyalar va davlat mulkini boshqarish davlat qo'mitasi Tojikiston qo'shni O'zbekistonga tovarlar eksportini ko'paytirish niyatida ekanini bildirgandi. 9 mart kuni Dushanbe shahrida bo'lib o'tgan Tojikiston va O'zbekiston ishbilarmon doiralarining biznes-forumi natijalari bo'yicha imzolangan hujjatlarga muvofiq, O'zbekistonga eksport qilinadigan mahsulotlarning ro'yxati kengaytiriladi.

Manbaga ko'ra, ikki mamlakat xo'jalik yurituvchi sub`yektlari o'rtasida tovarlarni eksport qilish va import qilish bo'yicha bitimlar imzolandi. Xususan, Tojikistonning elektr energiyasini qo'shni mamlakatga eksport qilish va o'zbek gazining importi boshlanadi.

Bundan tashqari, Tojikiston eksport qiladigan tovarlar ro'yxatiga quyidagilar kiradi: kabel, gilam mahsulotlari, qurilish materiallari, ko'mir va boshqalar. Shu bilan birga, o'zbek korxonalari Tojikistonga qishloq xo'jaligi mahsulotlari, transport vositalari va ehtiyot qismlar yetkazib berishni boshlaydi.


Комментарии (0) | Добавить: 07.05.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Prokuratura xodimlariga imtiyozli avtokredit ajratiladi
«YouTube»dagi siz bilmagan 8 funksiya
«Spark» jahon bozorini tark etadimi?
Ixtiyoriy-majburiy hashar taqiqlanadi!
Shavkat Mirziyoyev Andijondagi harbiy qismga tashrif buyurdi
Farg‘onada MIB ijrochisi hayotiga suiqasd qilindi
Mirziyoyev Andijonda banan yetishtiriluvchi issiqxonani kirib ko'rdi
Endi STIRni DXMdan olish mumkin
“Nima qilishga ham hayronman”. Sitora Farmonova “O‘zbekkonsert” qaroriga munosabat bildirdi
Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytdi
Turgan holatda ishlaydiganlar sog'lig'ini saqlab qola oladimi?
«Instagram» repost funksiyasini ishga tushirdi
Shavkat Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifi yakunlandi. Nimalarga erishildi?
O‘zbekistonda xorijiy elektron hamyonlardan to‘lash tartibi belgilanadi
Shahzoda va Lola 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga atab duet kuyladi
Buyuk Britaniyada maktab o‘quvchilariga imtihonda qo‘l soat taqish taqiqlandi
Rossiyada ilk qirg'iz qishlog'i paydo bo'ldi
AQShlik maosh oluvchi echki
Afsonaviy bokschi Mayk Tayson O‘zbekistonga kelishi mumkin
2,4 mln bolaning hayotini saqlab qolgan “oltin qo'lli” donor oxirgi marta qon topshirdi
Bosh prokuratura huzuridagi Agroinspeksiyaga rahbar tayinlandi
Yaponiya AQSh bojlariga javob choralarini tayyorlab qo'ydi
Bokuda xalqaro savdo porti ochildi
Ro'za tutish qoidalarini bilasizmi?
Google va Facebook O'zbekistonda ish boshlashi uchun shartlarini ma`lum qildi
Sayyoramizdagi sovuqqa eng bardoshli insonlar aniqlandi
“O'zagroeksport” sarimsoq piyozning xarid narxini e`lon qildi
Shavkat Mirziyoyev Oq uyda Donald Tramp bilan uchrashdi
“Mening fikrim” portalida Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekiston Qahramoni unvonini berish taklif qilindi
Kambag‘allikka sabab bo‘luvchi amallar